Tibbiyot sohasida katta burilish: insult vaqtida hayotni saqlab qoluvchi plastir ishlab chiqarildi

Britaniyalik tadqiqotchilar insult vaqtida hayotni saqlab qoluvchi plastirni ishlab chiqishdi. Bu haqda g‘arb OAVsiga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.

Plastirning tarkibida gliseril trinitrat mavjud bo‘lib, u qon tomirlarini kengaytirib qon bosimini tushiradi. Plastir insultdan keyingi bir necha daqiqadagi vaqt ichida inson hayotini saqlab qoladi.

41ta bemorda o‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra, shifoxonagacha bo‘lgan vaqt davomida o‘lim holati ikki barobarga – 38 foizdan 16 foizgacha kamaygan.

Plastir yil davomida tibbiy tez yordam sohasida qo‘llanib ko‘riladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar