Foto: Reuters

The Washington Post: Afg‘onistonga toliblar yetakchisi Abdul G‘ani Barodar rahbar bo‘lishi mumkin

/

Yigirma yillik quvgʻindan soʻng Afgʻonistonga qaytgan “Tolibon” yetakchisi Abdul Gʻani Barodar mamlakatning navbatdagi rahbari boʻlishi mumkin, deb yozadi The Washington Post.

Nashrning yozishicha, Barodar Qandahorga oq yoʻltanlamas avtomobillar qurshovida kelgan va minglab afgʻonlar tomonidan mushakbozliklar bilan kutib olingan.

“Koʻp yillar davomida “Tolibon” siyosiy rahbarlari sharpa, qudratli isyonchilik harakatining koʻrinmas strateglari boʻlib keldi, endi esa Abdul Gʻani Barodar konvoy bilan bu yerda”, — deyiladi nashr xabarida.

“Tolibon” odatda Pokistonning qoʻgʻirchogʻi sifatida taʼriflanadi. Ular Pokistonga qattiq bogʻlangan va Pokiston ularga taʼsir oʻtkaza oladi, biroq “Tolibon” mustaqil tashkilot. Barodarning Pokiston qamoqxonalarida olgan tajribasi uni Pokiston buyruqlariga boʻysunmaydigan insonga aylantirgan deb oʻylayman”, — degan sobiq nemis diplomati Tomas Ruttig.

Uning taʼkidlashicha, 2020-yilda Dohada AQSh hukumati bilan oʻtkazilgan muzokaralarda toliblar delegatsiyasiga aynan Barodar rahbarlik qilgan hamda “Tolibon”ning jangari ruhdagi vakillariga nisbatan posangi boʻla oladigan siyosatchi sifatida oʻzini koʻrsata olgan.

Latest from Blog