Foto: Repost.uz

Tezkor: Toʻyxonalarda 100 kishilik toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va maʼnaviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, toʻy va oilaviy marosimlarni oʻtkazish boʻyicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatilib, shu yilning 20-sentyabridan toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 100 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishiga ruxsat berildi.

Latest from Blog