Tez yordamning yangi dispetcherlik xizmatlari 2019-yildan ish boshlaydi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari muvofiqlashtiruvchi – dispetcherlik boʻlimlari 2019-yil birinchi yanvardan ish boshlab yuborishi koʻzlanmoqda, deb xabar qildi “Jahon” AA.

Foto: minzdrav.uz

Buning uchun xalqaro tashkilot, moliya institutlari va grantlar hisobidan  15 mlrd. soʻm va 17 mln. AQSh doll. ortiq mablagʻlar ajratiladi.

Markazlar 2019-yil birinchi yanvardan ish boshlashi rejalashtirilgan.

Markaz vazifalari qatorida — tez yordam chaqiriqlarini butun mamlakat boʻyicha markazlashtirib qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash kiradi. Dispetcherlik xizmatlari shuningdek, chaqiriq boʻyicha chiqqan brigadalar faoliyatlarini muvofiqlashtiradi va operativ boshqaruvini taʼminlaydalar.

Ularning zimmalariga, shuningdek, IIV, FVV, “OʻZtransgaz” AJ shoshilinch xizmatlari bilan hamkorlik olib borish yuklatilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog