Tez kunda Oʻzbekiston banklarida xorijiy valyuta sotuvi boshlanadi

Oʻzbekiston mahalliy OAVlarida sentabrdan banklarda xorijiy valyuta sotuvi boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Elektron nashrlar tarqatayotgan xabarlarga koʻra, sentabr oyining boshidan boshlab Oʻzbekiston aholisiga banklarda va valyuta almashtirish punktlarida xorijiy valyutalarni sotish hamda sotib olishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

«Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hali qaror qabul qilgani yoʻq, ushbu qaror joriy etiladigan aniq sana va almashtiruv kursi hozircha nomaʼlum», — deb yozadi «Zamin» nashri.

Valyuta almashtirish operatsiyalarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etayotgan ikki nafar bankirning soʻzlariga koʻra, fuqarolar banklardan valyuta sotib olganlarida bank tomonidan pul naqd koʻrinishda emas, balki maxsus hisob kartochkasiga oʻtkazib beriladi.

Taʼkidlanishicha, banklar dollarni ayni vaqtda 7.700 soʻm atrofida boʻlgan bozor kursidan ozgina koʻproq miqdorda sotishadi.

Qayd etish joiz, fuqarolar tomonidan banklardan valyuta sotib olinganda pul naqd koʻrinishda emas, balki maxsus hisob kartochkalariga oʻtkazilgan holda beriladi.

Latest from Blog