Test sinovi natijalari e’lon qilinadigan sana o‘zgardi

Joriy yil 1-avgust kuni respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovi natijalari ertaga, 15-avgust kuni e’lon qilinadi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» sayti xabar berdi.

«2017-2018-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovi natijalarini hisoblash yakunlandi. Test sinovi natijalari respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘rnatilgan tartibda yetkazib berildi.

Abituriyentlar ertaga, 15-avgust kuni soat 8:00 dan qabul komissiyalari e’lon taxtasidan test sinovida to‘plagan ballarini bilib olishlari mumkin», deyiladi xabarda.

Avvalroq Davlat test markazi matbuot xizmati test imtihonlari natijalari 17-avgust kuni e’lon qilinadi, deb xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 729 950 nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7 725 nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar