Tesla avtopiloti haydovchi uxlayotgan paytda politsiya taʼqibidan qochdi

Kanadaning Alberta shahrida yashovchi haydovchi uxlab yotganida, uning oʻzini oʻzi boshqaradigan Tesla Model S avtomobili politsiya taʼqibidan qochish uchun 150 km / soat tezlikda harakatlangan. Bu haqda “vesti.ru” sayti xabar qildi.

vesti.ru

Hodisa 9-iyul kuni Alberta shtatining Ponoka shahri yaqinidagi 2-avtomagistralda yuz bergan. Hisobotda aytilishicha, 2019-yil Tesla Model S 140 km / s dan yuqori tezlikda harakatlangan. Politsiya mashinani taʼqib qila boshlagach, “aqlli” avtomobil tezligini 150 km / soatgacha oshirgan.
Keyinchalik, 21 yoshli yigit charchagani uchun mashinada uhlab qolganligini aytgan. U tezlikni oshirganlikda ayblanib, litsenziyasidan bir kunga mahrum qilindi.
Biroq avtopilot qachon ishga tushirilgani nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Taʼkidlanishicha, Teslaning avtonom tizimi haydovchi qoʻllarini rolda ushlab turgandagina ishlaydi. Aks holda, rol orqasidagi displey yonadi, ovozli ogohlantirishlar paydo boʻladi va avtopilot oxir-oqibat oʻzini oʻchiradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog