At-Termiziy haqidagi filmga kasting boshlandi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Imom Iso at-Termiziy haqida hikoya qiluvchi film suratga olinadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar beradi.

Foto: uzbekkino.uz

Xabarga ko‘ra, film senariysi At-Termiziyning hayoti, faoliyati bilan bog‘liq voqealar va uning ustozi Imom Al-Buxoriy bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlari haqidagi hikoyalar asosida yozilgan. Loyihani amalga oshirishda Shayx Abdulaziz Mansur ham o‘zining qimmatli maslaxatlari va ko‘rsatmalari bilan ishtirok etmoqda.

Hozirda mazkur filmni suratga olishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Film rejissori Abduxalil Mingnorov.

Rejissor film uchun aktyor va aktrisalar guruhini sinovdan o‘tkazmoqda.

Latest from Blog