Termizda Toshkentdagi ikkita universitet filiallari tashkil qilinadi


Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilinadi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 20-aprel kuni eʼlon qilingan «Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida aytib oʻtilgan.

«Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilinsin… Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini toʻliq tashkil qilish, professor-oʻqituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va oʻquv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin», — deyilgan qaror matnida.

Hujjatda, shuningdek, Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini oʻzgartirilishi aytilgan. Shavkat Mirziyoyev imzolagan ushbu qaror Oliy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta koʻrish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishiga qaratilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar