Terma jamoaga Server Jeparov va Azizbek Haydarov chaqirilmadi: Temur Kapadze izoh beradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Temur Kapadze o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Foto: Olymic.uz

30 nafar futbolchi joy olgan ushbu tarkibga terma jamoaning tajribali futbolchilari Server Jeparov va Azizbek Haydarovlar kiritilmagan. Temur Kapadze Milliy olimpiya qo‘mitasi saytiga bergan intervyusida buni quyidagicha izohladi:

— Bu eng avvalo kelajak uchun qilinayotgan ish. Chunki yoshlarimiz safida ham kuchli futbolchilar bor. Oldimizdagi ilk vazifa tarkibni yoshartirib, ularni tayyorlab borish. Osiyo o‘yinlari, qit’a chempionati, Tokio – 2020 Olimpiya o‘yinlari va albatta, jahon chempionati turibdi. Kelishilgan holda tarkibga Server Jeparovni ham Aziz Haydarovni ham chaqirmadik. Tarkib yoshartirilayotgani sabab ushbu yig‘inga ularni bekorga ovora qilib chaqirib o‘tirishni istamadim. Qolaversa, futbolda avlodlar almashinuvi tabiiy xolat. Buni barcha professional futbolchilar tushunishlari, to‘g‘ri qabul qilishlari lozim.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar:

  • Ignatiy Nesterov — «Lokomotiv»
  • Eldor Suyunov — «Paxtakor»
  • Botirali Ergashev — «Paxtakor»
  • Javohir Ilyosov — «Mash’al»

Himoyachilar:

  • Vitaliy Denisov — «Lokomotiv» (Rossiya)
  • Anzur Ismoilov — «Chanchun Yatay» (Xitoy)
  • Islom To‘xtaxo‘jaev — «Lokomotiv»
  • Shuhrat Muhammadiev — «Lokomotiv»
  • Oleg Zoteev — «Lokomotiv»
  • Umar Eshmurodov — «Nasaf»
  • Farrux Sayfiev — «Paxtakor»
  • Sherzod A’zamov — «Paxtakor»
  • Akmal Shorahmedov — «Paxtakor»
  • Akrom Komilov — «Bunyodkor»
  • Rustam Ashurmatov — «Bunyodkor»
  • Doston Tursunov — «Neftchi»

Yarim himoyachilar:

  • Eldor Shomurodov — «Rostov» (Rossiya)
  • Fozil Musaev — «Jubilo Ivata» (Yaponiya)
  • Odil Ahmedov — «Shanxay SIPG» (Xitoy)
  • Otabek Shukurov — «Sharja» (BAA)
  • Ikrom Aliboev — «Lokomotiv»
  • Sardor Rashidov — «Lokomotiv»
  • Sardor Mirzayev — «Lokomotiv»
  • Odil Hamrobekov — «Nasaf»
  • Jaloliddin Masharipov — «Paxtakor»
  • Jasur Yaxshiboyev — «Paxtakor»
  • Doston Hamdamov — «Bunyodkor»
  • Javohir Siddiqov — «Qo‘qon-1912»

Hujumchilar:

  • Temurxo‘ja Abduholiqov — «As-Sayliya» (Qatar)
  • Marat Bikmaev — «Lokomotiv»

Kengaytirilgan tarkib vaqt o‘tib, asosiy ko‘rinishga keladi va jamoa 19-mart kuni Toshkentda yig‘ilib, 20-mart kuni Marokashga yo‘l oladi. Senegalga qarshi o‘yin 23-mart kuni, Marokashga qarshi bellashuv 27-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Latest from Blog