Telegramda video xabarlar paydo bo‘ladi


Telegram messenjerida qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmay turib, yangi beta versiyada video xabarlar yuborish imkoniyati ham taqdim etilmoqda, deb xabar berdi Jet Media portali.

Hozircha Android smartfonlar uchun mo‘ljallangan beta versiyada qisqa video xabarlarni yuborish imkoniyati paydo bo‘lgani ko‘pchilik mutahassislar uchun qiziqarli yangilik sifatida baholanmoqda.

Hozirda ushbu yangi imkoniyat qachon yakuniy relizdan joy olishi oshkor etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Telegram mart oyida  peer-to-peer orqali bog‘lanish mumkin bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar funksiyasini taqdim etgandi. Ovoz sifati va tezkorligi jihatdan ushbu funksiya boshqa raqobatchilarnikidan anchagina ajralib turadi.

Latest from Blog