Telefon va shpargalka olib kirishga uringan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi

Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlaridagi 7014 o‘ringa 63 ming abituriyent hujjat topshirgan. Bakalavriat uchun ajratilgan bir o‘ringa 9 abituriyent da’vogarlik qilmoqda.

Foto: nuz.uz

Samarqandda oliygohlar rektorlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ana shu va boshqa raqamlar tilga olindi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» yozmoqda.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Azamat Umarovning aytishicha, bu yilgi test sinovlari boshqacha tarzda o‘tkaziladi va bu o‘zgarishlar haqida abituriyentlar va ularning ota-onalarini xabardor qilish lozim.

Bu yil test sinovlari o‘tkaziladigan har bir auditoriyada kuzatuvchi sifatida o‘sha oliy o‘quv yurti vakili va chetdan yana bir kuzatuvchi – maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi qatnashadi.

A.Umarovning aytishicha, test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga uyali telefon yoki boshqa aloqa vositalari hamda shpargalka olib kirishga uringan abituriyentlar imtihondan chetlashtiriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv muassasalariga bakalavriatga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha nizomning 88-bandida ko‘rsatib o‘tilgan.

Bu yil abituriyent test sinovi o‘tkazilgan binoni soat 12dan ilgari tark etmaydi. Bu qoida ayrim «bilimdon»larning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida joriy etildi. Ma’lum bo‘lishicha, ayrimlar o‘quv yurtiga hujjat topshirib, imtihon kuni test savollarini telefoni orqali suratga olgan va xonani tark etgan. Telefonni esa uni tashqarida kutib turgan shaxsga bergan. Bu shaxs test savollarini yechib, xonada imtihon topshirayotgan abituriyentga telefon orqali javoblarni yetkazib bergan.

Ayrim «ixtirochi» abituriyentlar esa poyabzali poshnasiga telefon yashirishgan. Bu yil har bir abituriyentdan poyabzalini yechishi so‘raladi va poyabzal poshnasiga bolg‘a bilan urib tekshiriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar