TATUda abituriyentlarni «tanish» tizimi samara berdi

1-avgust kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilk bor qo‘llanilgan abituriyentlarni imtihonga kiritishda biometrik nazorat tizimi o‘z samarasini berdi.

Imtihon o‘tkaziladigan binolarga kirish joyida biologik identifikatsiya qurilmalari o‘rnatildi. Kirish imtihoniga o‘tish uchun abituriyent zarur hujjatlarni taqdim etish bilan birgalikda, biometrik modulga barmog‘ini qo‘yish talab etilar edi. Barmoq izi mos tushgan taqdirda noutbuk ekranida abituriyent haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ladi. 12214 nafar abituriyent ushbu tizim orqali imtihonga kiritildi. Ta’kidlash o‘rinliki, har 5000 nomzoddan 2 kishi biometrik tizimni aldamoqchi bo‘ldi. Ular huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Dilmurod Davronbekvoning ta’kidlashicha, 5-iyul kuni TATU maxsus fakultetiga kirish uchun test sinovlari vaqti 16 nafar qoidabuzarning aniqlanganidan so‘ng eng kamida 50 nafar abituriyent hujjatlarini qaytarib olgan.

Test sinovlari vaqtida universitetga bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov va rektor To‘lqin Teshaboyev tashrif buyurib, biologik identifikatsiya tizimi ishi bilan tanishdi.

Inson va uskuna nazorati kuchaytirilganiga qaramasdan, ayrim abituriyentlar o‘zgalar yordamidan foydalanishga harakat qildi. Ular imtihon savol varaqalarini derazadan tashqariga uloqtirganda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan aniqlangan. Avvaldan tayyorlangan kishilar testlarni yechib, turli ayyorona usullar bilan javoblarni abituriyentga qaytarish rejalashtirilgan.

Jumladan, telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetiga hujjat topshirganlardan uch nafari xuddi shunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani aniqlandi. Ular imtihon topshiriladigan auditoriyadan chiqarib yuborildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar