TATU abituriyentlardan hujjatlarni onlayn tarzda ham qabul qilmoqda

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda test rejimida yangi xizmatni yoʻlga qoʻydi: endi abituriyentlar oʻz hujjatlarini OTMga onlayn tarzda topshirishlari mumkin.

Foto: usue.ru

Kelajakda ushbu xizmat mintaqadagi barcha oliy oʻquv yurtlarini qamrab olishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda TATUga qabul onlayn, oddiy va oflayn formatda amalga oshirilmoqda. Ushbu xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining taʼlim boʻlimida joriy qilingan.

Latest from Blog