Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i Ulug‘bek Nazarov o‘z lavozimidan ozod etildi. Ulug‘bek Nazarov 2013-yildan buyon ushbu vazifada ishlab kelayotgan edi.

Uz24.uz xabariga ko‘ra, uning o‘rnini agentlik boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xo‘jabaxlil Asomov vaqtincha egallab turadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18-aprel kuni Migratsiya agentligi Koreyada ishlashni istovchi fuqarolarni ro‘yxatga olish va bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida turli anglashilmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lganligi tufayli natijalar bekor qilinganini xabar bergan edi.

Agentlikdan ma’lum qilinishicha, Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni qaytadan yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan o‘tkaziladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar