Tashqi ishlar vazirligida qarorgohi Stokgolm shahrida bo‘lgan shved elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 14-iyun kuni Shvetsiya elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “APA.az”

Muzokaralarda ikki va ko‘p tomonlama shakllarda, xususan “O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi” doimiy muloqoti doirasida O‘zbekiston—Shvetsiya munosabatlarini rivojlantirishning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shvetsiya elchisi O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati va Savdo-sanoat palatasidagi uchrashuvlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Mazkur uchrashuvlarda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston va Shvetsiya biznes doiralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar ham ko‘rib chiqildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog