Tashqi ishlar vaziri: O‘zbekiston Human Rights Watch’ni qabul qilishga tayyor

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 5-iyulda vatandoshlar bilan bo‘lib o‘tgan videomuloqotda O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilot Human Rights Watch bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Foto: “Jahon” axborot agentligi

Yaqinda biz Human Rights Watch’ning ijrochi direktori Kennet Rossdan maktub oldik. Maktubda ijrochi direktor kichik guruhning O‘zbekistonga kelishiga ruxsat so‘ragan. Biz bu jamoani qabul qilishga tayyormiz.

Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri

Tashqi ishlar vaziri hamkorlik o‘zaro hurmat va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga tayanishini ta’kidlar ekan, o‘zbek xalqining an’anlari, odatlari hurmat qilinishi va o‘ziga xosligi tushinilishi kerakligini qayd etib o‘tdi.

“Bu yerda hech qanday taqiqlar yo‘q. U yoki bu masala, muammo bo‘yicha dunyoqarashimiz, yondashuvlarimiz turlicha bo‘lishi mumkin. Biroq bu bizning umumiy manfaatlarimiz bor joyda hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirmaymiz, degani emas” — dedi TIV rahbari.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husaynning O‘zbekistonga muvaffaqiyatli tashrifi haqida gapirib o‘tgan vazir O‘zbekiston nafaqat Human Rights Watch’ni, balki boshqa tashkilotlarni ham qabul qilishga tayyor ekanligini qayd etdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog