Tartib-intizom qo‘mitasi kimlar jarimaga tortilgani va kimlar o‘yinlardan chetlatilganini ma’lum qildi


Tartib-intizom qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilishida kimlar jarimaga tortilgani, kimlar esa o‘yinlardan chetlatilgani haqia qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra oliy ligada “Neftchi”ga qarshi uchrashuvda juda agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan “So‘g‘diyona” futbolchisi S. Qulmatov 3ta o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

O‘zbekiston Birinchiligi “Orol” futbolchisi M. Karlosboev “Nurafshon”ga qarshi uchrashuvda jiddiy qoida buzgani uchun 3ta o‘yinga chetlatildi.

Yoshlar Birinchiligi “Mash’al” futbolchisi S. Hamidov “Qo‘qon-1912″ga qarshi uchrashuvda zaxira hakamini haqorat qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

“Sho‘rtan” hamda “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda agressiv hatti-harakatlari uchun “Sho‘rtan” futbolchisi J. Xolto‘raev 2ta o‘yinga chetlatildi. Shuningdek, klub rahbariyati stadiondagi jamoat tartibini saqlashi yuzasidan ogohlantirildi. Ushbu vaziyat yana takrorlansa, klub musobaqa reglamentiga asosan jarimaga tortiladi.

“Sho‘rtan” hamda “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda agressiv harakatlari uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” futbolchisi H. Alijonov 2ta o‘yinga chetlatildi.

“Qo‘qon-1912” klubiga qarshi uchrashuvdagi agressiv hatti-harakatlari uchun “Metallurg” futbolchisi Z. Ahmadjonov 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

“Qo‘qon-1912” hamda “Metallurg” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan “Metallur” futbolchisi M. Hasanov 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Latest from Blog