Taniqli rejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoshida vafot etdi

Foto: Doka.uz

Taniqli o‘zbek kinorejissori Bahrom Yoqubov kecha, 11-mart kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi.

Bahrom Yoqubov ijodiy faoliyatini 1989-yilda “Yosh yozuvchining kundaligi” nomli qisqa metrajli filmni tasvirga olishdan boshlagan. U o‘tgan yillar mobaynida “Sarvinoz”, “Baxt uchun million”, “Tashlandiq”, “Yondiradi, kuydiradi”, “Fotima va Zuhra”, “Sug‘diyona”, “Jodugar”, “Qochqin”, “Boyvachcha kuyov”, “Majruh”, “Ichkuyov”, “Superkelinchak”, “Zirapcha”, “O, Maryam, Maryam” kabi ko‘plab filmlarni suratga olgan.

Rejissor o‘tgan yili “Antiqa ajrashish” nomli filmni suratga olgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog