Tadbirkordan pora olgan IIB inspektori ozodlikdan mahrum etildi

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati inspektori qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan tovlamachilik bilan pora talab qilganmi aniqlandi. Bu haqda «Huduq» gazetasiga tayanib Sof.uz xabar qilmoqda.

Foto: Sof.uz

Qamchiq dovonidagi Xonobod xalqaro o‘tkazish punktida navbatchilik qilayotgan inspektor Toshkentdan 3 ta “Isuzu” yuk mashinasida kiyim-kechak olib kelayotgan tadbirkorlarni tekshirgan.

Yuklar hujjati joyida bo‘lishiga qaramay, IIB noziri har bir mashina uchun 1000 dollardan pora talab qilgan, aks holda jinoiy ish ochish bilan tahdid qilgan.

Noiloj qolgan tadbirkorlar manzilga – Qo‘qonga yetib olgach, pulni yetkazishga rozi bo‘lishgan va bu orada IIB xodimining tamagirligi haqida huquq idoralariga xabar berishgan.

Ismi oshkro etilmagan poraxo‘r nozir jinoyat ustida qo‘lga olingan va ozodlikdan mahrum etilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar