Tadbirkor O’zbekistonga 29 mln. so‘mlik tovarlarni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga urindi


“Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari Xitoydan hususiy tadbirkor R.G‘ofurov (maqoladagi ism-shariflar o‘zgartirilgan) nomiga keltirilgan turli asbob-uskuna va texnologik jihozlarnini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida, mazkur asbob-uskunalarning orasidagi barcha bo‘shliqlar bojxona yuk deklaratsiyasida va yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 23 turdagi 129 dona oshxona idishlari va anjomlari bilan to‘ldirilganiga guvoh bo’lgan. Shu tariqa qoidabuzar qiymati 29 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan tovarlarni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga uringan, deya xabar qilmoqda O’zbekisoton Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi axborot xizmati.

Mazkur post xodimlari “B.N.Ch.” (nomlar qisqartirilgan) xususiy korxonasi nomiga keltirilgan gazlamalarni import bojxona rejimiga rasmiylashtirish jarayonida yana bir ayyorlikni fosh qilishdi. Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida ushbu gazlamalarning eni ikki barobarga qisqartirilgan holda taxlanib, so‘ngra to‘p qilib o‘ralgan. Shu tarzda qiymati 51 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan 5,1 ming m2 o‘lchamdagi gazlamalar bojxona yuk deklaratsiyasida va yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan holda, bojxona nazoratidan chetlab olib kirishning oldi olindi.

Shuningdek, ushbu postda teriga ishlov berish paytida foydalaniladigan 38 tonnadan ortiq 3 turdagi kimyoviy moddalarning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi. “M.G” mas’uliyati cheklangan jamiyati nomiga yuborilgan ushbu kimyoviy vositalar haqida ma’lumotlar yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida umuman ko‘rsatilmagan.

Vaholangki, qiymati 250 mln. so‘mdan ortiqni tashkil qiluvchi ushbu tovarlar respublikaga amalda tartiblarga to‘liq rioya qilingan holda olib kirilganida, ularga nisbatan bojxona to‘lovlaridan tegishli imtiyozlar qo‘llanilishi mumkin edi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar