Surxondaryodada infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti — prezident

/

Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard soʻm mablagʻ ajratilyapti, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Bu haqda prezident Surxondaryo viloyatida jamoatchilik vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan yigʻilishda maʼlum qilgan.

Prezident yigʻilish ochiq boʻlishi kerakligini taʼkidlab, mahalliy kengash deputatlariga muammolar haqida aytishlarini soʻradi.

“Doʻst boʻlsangiz, muammolarni aytinglar. Biz ularni eshitib, hal qilgani kelganmiz. Janob Prezident bugun shu masalani hal qilib bering, xalqimizga qiyin desangiz, biz shunga eʼtibor qilamiz. Albatta, hammasini birdaniga hal qilish qiyin, ammo birinchi navbatda koʻrib chiqamiz, yechimini topamiz. Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard soʻm mablagʻ ajratilyapti. Deputatlar qayerga yoʻl, qayerga bogʻcha boʻyicha aniq takliflar bilan chiqsin”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari 4 ta sektor rahbarlarining odamlar oldidagi masʼuliyatini oshirish haqida ham taʼkidladi.

“Sizlar oʻz hududingizdagi muammoni bilmaysizmi? Dod deganlarning uyiga boringlar, yaxshidan koʻra, yomonning uyiga boringlar, ularning tilidan eshitinglar, koʻringlar va ular tushunadigan tilda gapiringlar. Kabinetga qorovullik qilish oʻrniga odamlar oldiga, uyiga borib muammolarni hal qilish kerak. Yoshlar, xotin-qizlar, temir daftar boʻyicha ishlash kerak”, — dedi prezident.

Latest from Blog