Foto: Texnoman.uz

Surxondaryoda yangi institut faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Surxondaryoda yangi institut faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda ayni paytda Surxondaryo viloyati faollari bilan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo”.

“2021/2022-o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo-biologiya, informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 14 ta maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2021—2022-yillarda 12 ta maktab ingliz tili, 2 ta maktab nemis tili, 1 ta maktab fransuz tiliga ixtisoslashtiriladi.

Musayev, Toshqulov ikki oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ushbu universitetning Termiz muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish qarori loyihasini kiritsin”, — dedi davlat rahbari.

Prezident, shuningdek, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ushbu yangi institutda qurilish va geologiya sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, institut qoshida Boysun tumanida ko‘p tarmoqli texnikum tashkil etib, konchilik, pillachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari uchun o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishini aytdi.

Latest from Blog