Surxondaryoda noto‘g‘ri tashxis sabab bir qiz qo‘lsiz qoldi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli bir qiz qo‘lsiz qoldi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook’dagi sahifasiga tayanib, Sof.uz nashri xabar qildi.

Foto: Cleveland Clinic Health Essentials

Xabar berishlaricha, Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida viloyat hokimi, keng jamoatchilik va tibbiyot xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tgan. Tadbir qachon o‘tkazilganiga aniqlik kiritilmagan.

Viloyat hokimining Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan xabarga ko‘ra, «tumandagi shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli Noroy O‘rinovaning qo‘lidagi dard uzoq muddat tuzalmagan, natijada qo‘lini kesishga majbur bo‘lgan».

Shuningdek, Rashid Mustanov, Sarvar Boyqulova, Muhabbat Musayeva, Binor Pardayeva, Malika Choriyeva, Fazilat Xurramovaga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmagani bois, «hali-hamon darddan aziyat chekib yuribdi».

Qayd etishlaricha, mazkur fuqarolarga muloqot jarayonining o‘zida malakali shifokorlar biriktirilib, ularning sog‘ligini tiklash masalasi yuzasidan tegishli choralar belgilangan.

Latest from Blog