Surxondaryoda marixuana tarqatgan masjid noibi qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyatining Denov shahrida marixuana tarqatgan masjid noibi qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV

Xabar berishlaricha, 21-fevral kuni Surxondaryo viloyatining Denov shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan Z.Imamov ko‘chada to‘xtatilib tekshirilgan va uning yonida 4,6 gramm marixuana borligi aniqlangan.

Z.Imamov ushbu giyohvandlik moddasini “Bahriston” mahallasi Shahriston ko‘chasida yashovchi, “Umari Odil” jomye masjidi noibi, 1989-yilda tug‘ilgan A.Meliboyevdan olganligi aniqlangan. A.Meliboyev giyohvandlik moddasini Denov tumani Feruz ko‘chasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan S.Kenjayevdan olganligini bayon qilgan.

“S.Kenjayevning yashash uyi tekshirilganda, 10 kilogramm 7,17 gramm gashish va 3 kilogramm 675,37 gramm marixuana giyohvandlik moddalari topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda bu vositalarining kelib chiqish manbasini aniqlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar