Surxondaryoda fuqaroning uyidan 800 dona gugurt qutisiga qadoqlangan “marixuana” topildi

2020-yilning 21-sentabr kuni soat 09-00 lar chamasida Denov tumani IIO FMB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri jarayonida, Denov tumanida yashovchi 43-yoshli Sh.X.,ning yashash uyi va yordamchi xoʻjaliklari xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Fuqaro tomorqasidagi anor daraxtlari orasida 6 tup oʻtkir hidli, yashil rangli, nasha giyohvandlik oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklarni ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Shundan soʻng, tadbir davom ettirilib fuqaro Sh.X.,ning yashash uyi xonasi koʻzdan kechirilganida xona ichida 800 dona “Sipichki” yozuvli gugurt qutida maxsus joylangan yashil rangli oʻtkir hidli maydalangan oʻsimlik barglari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirib koʻrish uchun tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʻra, Sh.X.,ning yashash uyi tomorqasidan olingan oʻziga xos hidga ega boʻlgan 6 tup oʻsimlik tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud boʻlgan “NASHA” oʻsimliklar ekanligi, Sh.X.,ning yashash uyi xonasidan olingan och-yashil rangli, oʻtkir hidli quruq holdagi moddalar tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud boʻlib, “marixuana” deyiladi, sof vazni 5 kilogramm 870 gramm 10 milligramm ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro Sh.X.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishida Sh.X., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog