Surxondaryo viloyatidagi oʻrmonda yirik yongʻin yuzaga keldi

FVV xodimlari Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligida yuzaga kelgan yirik yongʻinni bartaraf etdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Foto: Google Image

Qayd etilishicha, yongʻin Sherobod tumanidagi “Qiziriq” oʻrmon xoʻjaligi hududidagi “Gurimbuloq” togʻli maskanida sodir boʻlgan. Quruq oʻt yonishi sababli hosil boʻlgan olov 50 ga atrofidagi maydonni qamrab olgan.

Ofatga qarshi kurashga Surxondaryo viloyatining bir necha maxsus texnikasi hamda oʻnlab shaxsiy tarkibi safarbar qilingan.

Shuningdek, yongʻinni bartaraf qilishda FVDT ga kiruvchi boshqa xizmatlar xodimlari ham yaqindan koʻmaklashgani maʼlum qilingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog