«Sumkangizni ko‘rsating». Metroga nimalarni olib kirish taqiqlangan?

Toshkent shahar IIBB metroga kirish yo‘laklarida Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolarning sumkalari tekshirilishi sababi va metroga olib kirish taqiqlangan buyumlar haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahar IIBB surati

Toshkent shahar metropolitenining bekatlaridagi kirish yo‘laklarida har bir fuqaro va uning o‘zi bilan birga olib kirayotgan buyumlari yo‘lovchilarning havfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida sinchkovlik bilan tekshirib chiqiladi.

Metropoliten hududiga olib kirish taqiqlangan buyumlar bilan kelayotgan fuqarolarga bekatga kirishi man etiladi.

Metropolitenda yo‘lovchilar tomonidan tashish taqiqlangan suyuqliklar va moddalar:

– Tez alanga oluvchi suyuqliklar – benzin, kerosin, atseton, spirt, barcha turdagi bo‘yoq erituvchilar;

– Yonuvchi suyuqliklar – moyli va emal bo‘yoqlar, solyarka, suyuq holdagi mashina moylari va laklar;

– Portlovchi, o‘yuvchi va zaharli moddalar, shuningdek suyultirilgan va siqilgan gazli ballonlar.

Latest from Blog