Sud majlisi vaqti va joyi haqida SMS orqali xabar yuboriladi

Oʻzbekiston prezidentining 2020-yil 3-sentabrda “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi deb yozmoqda OʻzA.

Mazkur qarorda sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish, maxsus axborot dasturlarini joriy etish orqali sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash koʻzda tutilgan. Sud majlislarida masofadan turib, ayniqsa mobil qurilmalar vositasida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish ham nazarda tutilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu qarorga koʻra, sudning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari kiberxavfsizligini taʼminlash, 2020 — 2023-yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturining qabul qilingan.

Mazkur Dastur apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar oʻrtasida avtomatik ravishda taqsimlash, barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali bepul xabardor qilish, sud qarorlarini ish boʻyicha taraflarga onlayn tarzda taqdim etish, xuddi shuningdek sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish kabi zamonaviy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan.

Qayd etish kerakki, sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etiladigan maʼlumotlarning elektron shaklda yuborilishi ishni koʻrish jarayonida zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni fuqarolar va tadbirkorlarni sarson qilmasdan sudlar tomonidan elektron shaklda olinishiga imkon beradi. Manfaatdor shaxslar tomonidan daʼvo, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish mumkin boʻladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog