Foto: Xs.uz

Street art! Yangihayot hokimligi tashabbusi bilan “Millatlar doʻstligi” tasviri devorga tushirildi

Yangihayot tumani, “Doʻstlik” mahallasida uzoq yillardan buyon 30 dan ortiq millat vakillari yashab kelmoqda, deya yozmoqda tuman hokimligi Matbuot xizmati.

«Siz koʻrib turgan street art “Millatlar doʻstligi” deb nomlanib, unda mahallada yashovchi millat vakillarining ahilligi tom maʼnoda tasvirlab berilgan.

Yangihayot tuman hokimligi tashabbusi bilan koʻp qavatli uyning devoriga tushirilgan ushbu surat koʻpchilikning qiziqishiga sabab boʻldi va mustaqillikning 30 yilligiga ham katta sovgʻa boʻldi», deyiladi xabarda.

Avvalroq, oʻzbekistonlik rassomlar Hasan Maycheyev, “Novda Group” illyustratorlari Tokio-2020 olimpiadachilarining natijalarini koʻp qavatli uylar devorida mural koʻrinishida tarixga muhrlash taklifini bildirishgan edi.

Mualliflar taʼkidlab oʻtganidek, ushbu asar sportchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnati uchun oʻziga xos yodgorlik va hurmat timsoli, shuningdek mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga yorqin sovgʻa boʻladi.

Latest from Blog