Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurdi

9-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan «Asian fight 2017» musobaqasining faxriy mehmoni Stiven Sigal poytaxtga tashrif buyurdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Foto: Novosti Uzbekistana / Maksad Jahangirov

Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida boʻlib oʻtadigan Asian Fight-2017 xalqaro turnirida oʻzbekistonlik 8 nafar sportchi Singapur, Afgʻoniston, Rossiya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Kipr mamlakatlarining jangchilari bilan kuch sinashishadi.

Ushbu turnirda sportning yakkakurash turlari boʻyicha Osiyo va jahon chempionatlarida sovrinli oʻrinlarni egallagan Mahmud Murodov, Anvar Boynazarov, Jasur Mirzamuhammedov, Ulugʻbek Umarov, Hasanxon Baratov, Muhammadali Toshturgʻunov, Isroil Rasulov, Ayubxon Kamolov va Ahliddin Mirzadavlatov Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.

Gollivudning taniqli kinoaktyorlaridan biri, aykido boʻyicha 7-qora belbogʻ sohibi Stiven Sigal musobaqani faxriy mehmon sifatida kuzatib boradi.

8-sentabr kuni Stiven Sigal «Oʻzbegim» milliy festivalida rekord palovi tayyorlash jarayonida ishtirok etishi, sportchilar uchun master-klasslar oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq turnirga Gollivud yulduzi Jan Klod Van Damm va aralash janglar ustasi Jeff Monsonlar taklif etilgan, biroq Van Dammning betob boʻlib qolishi sababli, uning tashrifi bekor qilingandi. Tashkilotchilar shuningdek, Jeff Monsonning tashrifini ham bekor qilishgan va ularning oʻrniga Stiven Sigalni taklif etishgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar