Stiven Sigal O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha izoh berdi

Taniqli aktyor Stiven Sigal o‘zining Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida O‘zbekistonga uyushtirgan safari bo‘yicha izoh qoldirdi.

«Men madaniyat va san’at instituti talabalari bilan uchrashib, muloqot qurdim. Milliy qadriyatlar festivali va „O‘zbegim“ kitobi taqdimotida ishtirok etib, ushbu ajoyib mamlakat an’analari bilan tanishdim» — deb yozadi Stiven Sigal. U, shuningdek Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan dunyodagi eng katta oshning tayyorlanishiga guvoh bo‘lib, undan tatib ko‘rganini ma’lum qildi.

«Men tayyor edim va chiqa olar edim, biroq chuqur afsusdamanki, menga hech qanday aloqasi bo‘lmagan holatlar va vaziyatlar sababli Asian Fight 2017 da qatnasha olmadim», — deb yozgan aktyor.

U tafsilotlarga to‘xtalib o‘tmagan.

Stiven Sigal: «Aminmanki, yaqin vaqtlar ichida O‘zbekistonga qaytib, muxlislarim bilan uchrashaman va ushbu ajoyib mamlakat bilan yaqindan tanisha olaman», — dedi.

Latest from Blog