Stiven King asari asosida suratga olingan “Qora minora” filmi treyleri namoyish etildi

Yozuvchi Stiven King asari asosida suratga olingan “Qora minora” (“The Dark Tower”) filmining treyleri namoyish etildi. Video Youtube videoxostingining Sony Pictures Entertainment kanalida namoyish etildi.

Filmda bosh qahramon Ronald Diskeyn (ushbu rolni britaniyalik aktyor Idris Elba jonlantirgan) olamni yo‘q bo‘lib ketishidan saqlab qoluvchi qora minorani izlaydi. Uning sayohatiga nyu-yorklik bolakay Jeyk Chemers hamrohlik qiladi (Tom Teylorning katta ekrandagi debyut roli). Ularning sarguzashtiga qora kiyimdagi odam to‘sqinlik qiladi.

Film ustida “Shoxona roman” filmi  rejissyori daniyalik Nikolay Arsel ish olib borgan.

Rossiya prokatlarida film 3-avgustdan namoyish etiladi.

Latest from Blog