Sting Klichkoning jangida Ukraina madhiyasini kuylashi mumkin

29-aprel kuni Londondagi “Uimbli” stadionidagi Vladimir Klichko hamda Entoni Joshua jangida xonanda Sting Ukraina madhiyasini ijro etishi mumkin. Xonanda ushbu taklif bilan o‘zi chiqgan, deya xabar qilmoqda glamurchik.tochka.net.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sting 15 yildan buyon bokschi Vladimir Klichkoga muxlislik qilib keladi.

Londonda Sting bilan sahnada Vitaliyning xotini Natalya Klichko chiqishi kutilmoqda. Xabarda ushbu yangilikning 1-aprel xazili emasligiga umid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Klichkoning jangi boshlanishidan oldin ringda Ukraina madhiyasini Ruslana va Jamala kabi xonandalar ijro etib chiqishgan.

Latest from Blog