SSV: Oʻzbekistonga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi

//

Kecha Oʻzbekistonga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu ushbu vaksinaning mamlakatga keltirilgan 6-partiyasi boʻlib, bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:

27-martda — 1 million doza,

27-aprelda — 1 million doza,

18-mayda — 1 million doza,

19-mayda — 500 ming doza,

10-iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi 6,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,4 million dozadan ortigʻi vaksinatsiya jarayonlarida qoʻllanildi.

Bugun ZF-UZ-VAC2001ning yana 1 million dozasi keltirilishi kutilmoqda.

Latest from Blog