SSV farzandlarini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar berdi

SSV rasmiy telegram kanalida vazirlikning oʻquv-tarbiya muassasalari boʻyicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedova bilan suhbat eʼlon qilindi.

SSV
headtopics.com

– Shu kunlarda farzandlarini maktabga yuborayotgan ota-onalarga qanday tavsiyalar bergan boʻlardingiz?

– Ota-onalar, avvalo, farzandini maktabga yuborishdan oldin ularning sogʻligiga va ruhiy holatiga, albatta, eʼtibor berishlari kerak. Shu oʻrinda psixologlar tarafidan bunday uzoq karantindan chiqish uchun vaqt (kamida uch hafta) talab etilishini inobatga olib, sizdan bolaning hissiy holatiga eʼtibor berishingizni soʻraladi.

Farzandingizda oʻtgan vaqt davomidagi oʻzlashtira olmagan bilimlariga yetib olishi uchun paydo boʻlishi mumkin boʻlgan stressni yengishga koʻmaklashish kerak. Karantin taʼtilidan keyin bola maktabda yomon baholar olishi mumkin. Bunday holatda unga tanbeh bermaslikka harakat qiling.

Doimiy tanbehlar sabab oʻgʻlingiz yoki qizingizning oʻziga, kuchli tomonlariga boʻlgan ishonchini yoʻqotishiga yoʻl qoʻymang. Farzandingizning sogʻligʻini kuzatib boring va agar unda kasallik belgilari (yuqori tana harorati, hansirash, yoʻtal, hid va taʼm sezmaslik, qorinda ogʻriq, ich ketishi) paydo boʻlsa, uni taʼlim muassasasiga yubormang.

Shuningdek, farzandlaringizga quyidagi gigiyena qoidalarini oʻrgating:

– qoʻllarini sovun va toza suv bilan tez-tez yuvib turish;

– sovun va suv boʻlmasa, qoʻllar uchun spirt asosidagi dezinfeksiya vositasidan foydalanish (spirt miqdori kamida 60 foiz boʻlishi kerak);

– faqat toza ichimlik suvidan foydalanish;

– jamoat hojatxonalari hamda uy hojatxonalarining tozaligiga eʼtibor berish va foydalanish tartibiga rioya qilishni;

– chiqindilarni xavfsiz hamda toʻgʻri yigʻish, saqlash va utilizatsiya qilish koʻnikmalari;

– nafas olish gigiyenasiga rioya qilish: yoʻtal va aksirganda ogʻiz-burunni mato yoki tirsak yordamida toʻsish;

– kaft bilan yuzga, koʻzlarga, ogʻiz va burunga tegmaslik.

Bundan tashqari, farzandlaringizning bir-biriga eʼtiborli boʻlishga oʻrgating, ular oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchilikning oldini olish choralarini koʻring.

Taʼlim muassasasi maʼmuriyati va pedagoglari bilan maʼlumot almashinish maqsadida doimiy muloqotda boʻlib, maktab xavfsizligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlar bilan tanishib, qoʻllab-quvvatlashga harakat qiling.

– Turli infeksiyalar avj oladigan kuz faslida oʻquvchilar nimalarga amal qilishlari lozim?

– Darhaqiqat, kuz faslida oʻtkir virusli infeksiyalar avj oladi. Bu paytda oʻquvchilar turli infeksiyalar yuqishining oldini olish va kasal boʻlib qolgan paytida esa, boshqalarni gripp, koronavirus infeksiyasi va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalardan himoya qilish uchun respirator gigiyena qoidalariga amal qilishi kerak. Yaʼni, qoʻllarni tez-tez va yaxshilab sovun bilan oqar suvda yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan yoki uy hayvoni oldidan kelgach qoʻllarni yuvish lozim. Yuzni qoʻl bilan koʻp ushlamaslik kerak.

Koʻp odam yigʻiladigan joylarga borishni imkon qadar kamaytirish lozim.

Yoʻtalganda, burun qoqqanda va aksirganda ogʻiz bilan burunga bukilgan tirsak, yeng yoki salfetkani tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlat idishiga tashlang va qoʻlingizni yuvishni unutmang.

Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqin aloqada boʻlishdan cheklang.

Bolada kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qolishi va darhol shifokorga murojaat qilishi lozim. Ushbu kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari juda yuqumli boʻlib, asosan, havo tomchilari orqali yuqadi. Shu sababli sinfxonalarni, albatta, tez-tez shamollatish zarur hisoblanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog