Sport Qo‘mitasi vazirlik maqomini oldi

Madaniyat va sport vazirligidan keyin Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi nomini olgan tashkilot endi alohida vazirlik maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: XPK

2018-yilning 14-fevralidan boshlab mazkur tashkilot Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bo‘lib o‘zgardi. Bunga qadar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga rektor bo‘lgan, keyinroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatida tanishtirilgan Shoakram Isroilov, endilikda vazir darajasiga ko‘tarildi. Bundan buyon u Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vaziri sifatida faoliyat olib boradi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibligidan, tashkilotning birinchi vitse-prezidentligi darajasiga qadar ko‘tarilgan Oybek Qosimov esa vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlaydi.

Sport Qo‘mitasiga shu kunga qadar rahbarlik qilib kelgan Rustam Qurbonov o‘z-o‘zidan lavozimdan ozod bo‘ldi. Unga yordamchi sifatida ishlab kelgan Iskandar Jo‘rayev esa Oybek Qosimovning o‘rniga MOQ birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi. Ya’ni, Jo‘rayev MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning birinchi yordamchisi bo‘ldi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar