Ispaniyaning qator kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Oqsaroyga tashrif buyurdi

Ispaniyaning bir qator kompaniyalari vakillaridan iborat boʻlgan delegatsiya Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo etish uchun Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda Islom Karimov Fondining Facebook»dagi sahifasida xabar qilindi.

Foto: Facebook / Karimov Foundation

Xabarda aytilishicha, mehmonlar Birinchi prezident haykali poyiga gul qoʻydilar, soʻngra Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan badiiy koʻrgazmasi bilan tanishdilar.

«Delegatsiya aʼzolari prezident Karimov mamlakat uchun murakkab boʻlgan davrda tinchlik, barqarorlik va millatlararo totuvlikni saqlab qola olgani, Oʻzbekistonning taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor qoʻyganini alohida taʼkidladilar», deyiladi xabarda.

Tadbirda prezident Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi hamda Islom Karimov Fondi vakillari ishtirok etdilar.

Latest from Blog