So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi

Foto: Tango Six

Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning “Novobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan jami 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan boʻlib, uchish va qoʻnish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi. Loyiha qiymati — 12 mlrd soʻm. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezidentning “Soʻx tumanini 2020–2021-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida Soʻx tumanida aerodrom qurish vazifasi topshirilgan.

Oʻtgan yilning 3-iyun kuni Soʻx tumani hokimligida bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tumanni rivojlantirish boʻyicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi.

Yigʻilishda eksklav hududni viloyat markazi – Fargʻona shahri bilan havo yoʻllari orqali bogʻlash imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Tumandagi eski aerodromni qayta taʼmirlab, viloyat markaziga havo yoʻllari orqali borib kelishni yoʻlga qoʻyish masalasi oʻrganilayotgani aytilgandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog