Sooronbay Jeenbekov “Artel Elektroniks” korxonasiga bordi

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarish boʻyicha Qirgʻiziston-Oʻzbekiston kelishuvi asosida ochilgan qoʻshma korxona ishlab chiqarishni kengaytirmoqda va eksportni rejalashtirmoqda.

Sooronbay Jeenbekov Artel-2
“Oʻzeltexsanoat”

Qayd etilishicha, Qorasuv tumanining Andijon qishlogʻida “Artel Elektroniks” qirgʻiz-oʻzbek qoʻshma korxonasi ishlab chiqarishni kengaytirmoqda va mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Uni ochish toʻgʻrisidagi kelishuvga Sooronbay Jeenbekovning 2017-yil dekabr oyida Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan. Bu haqda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

10-sentabr kuni, Oʻsh viloyatiga safari doirasida Sooronbay Jeenbekov ushbu korxonaga tashrif buyurib, faoliyati bilan tanishdi.

Korxona bugungi kunga qadar 105 kishi ish bilan taʼminlagan, ish oʻrinlari sonini 200 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Korxona oyiga 900ga yaqin kir yuvish mashinalari ishlab chiqaradi, oylik savdo hajmi esa 3 million somni tashkil etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorda sotiladi.

Oʻsh viloyatiga safari doirasida Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ushbu korxonaga tashrif buyurib, faoliyati bilan tanishdi.

Xabarga koʻra, prezident Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston eng yaqin qoʻshni davlatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidlagan.

Sooronbay Jeenbekov Artel-1
“Oʻzeltexsanoat”

Sooronbay Jeenbekovning qayd etishicha, ular ulkan eksport salohiyatiga ega, chunki Qirgʻiziston bojxona toʻsiqlari va bojlarsiz mahsulot yetkazib berish mumkin boʻlgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga kirish imkoniyatiga ega.

Prezident mehnat jamoasi bilan suhbatda korxonaning har bir xodimi uning rivojlanishidan manfaatdor boʻlishi kerakligini taʼkidladi. U korporativ boshqaruvning yapon uslubini misol qilib keltirdi, bunda barcha xodimlar oʻzlari ishlayotgan korxonaga oʻzlarining shaxsiy mulki sifatida qarashadi.

Prezident mintaqalarni rivojlantirish siyosatining asosiy yoʻnalishlari haqida soʻzlab berdi, uning doirasida eksport salohiyatiga ega korxonalarga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog