Foto: FED.az

Sog‘liqni saqlash vazirligi karantin cheklovlari bekor qilinganini rad etdi

Sogʻliqni saqlash vazirligi Koronavirusga qarshi kurashish respublika maxsus komissiyasi tomonidan joriy etilgan karantin cheklovlari bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Eslatib oʻtamiz, 28-iyun kuni maxsus komissiya nomuayyan muddatga butun respublikadagi koʻngilochar obyektlar (restoranlar, tungi klublar, karaoke, bilyardxonalar va kompyuter zallari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari — kafe, oshxona va choyxonalar) ish vaqtini 8:00 dan 22:00 etib belgilagan edi. Faqatgina Qashqadaryo viloyatida umumiy ovqatlanish muassasalari ish soati 22:00 gacha uzaytirilgan.

SSV matbuot xizmatining qayd etishicha, ushbu tartiblar maʼlum bir muddat uchun qabul qilingan emas, yaʼni epidemiologik vaziyat barqarorlashganda ushbu cheklovlar bekor qilinadi.

Latest from Blog