Sobiq O‘zbekiston bosh prokurori vafot etdi

1


12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari Bo‘ritosh Mustafoev vafot etdi. Bu haqda Konstitutsiyaviy sud axborot xizmati ma’lum qildi.

«Bo‘ritosh Mustafoyev oqil va oliyjanob, Vatanni samimiy sevadigan va xalqi uchun jonkuyar inson edi. U mamlakatimizda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashga, huquq tizimining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi jamoasi Bo‘ritosh Mustafoevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi» – deyiladi xabarda.

Bo‘ritosh Mustafoev 1949-yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1971-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist. II darajali “Shon-sharaf” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan. Oliy malaka darajali sudya. 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi.

Mehnat faoliyati davomida 1971-1976-yillarda Samarqand viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori, Narpay tuman prokuraturasining tergovchisi, 1976-1978-yillarda Samarqand viloyati Oqtosh shahar sudi sudyasi, 1978-1985-yillarda Jomboy tuman prokurori, Samarqand viloyat prokurorining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, 1985-1989-yillarda Andijon viloyat prokurori, 1989-1993-yillarda O‘zbekiston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi prokurori, 1993-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, 1998-2000-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari, 2000-2002-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari, 2002-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, 2004-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi, 2005-2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri, 2006-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi (2011-yilda qayta saylangan), 2006-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi (2011-yilda qayta saylangan) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2014-yil 29-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar