Sobiq Ittifoq xalq artisti Aleksey Batalov vafot etdi

Sobiq Ittifoq xalq artisti Aleksey Batalov 88 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Foto: Euronews

Aktyorning do‘sti Vladimir Ivanovga ko‘ra, Batalov Moskvadagi kasalxonalardan birida 15-iyun, payshanbaga o‘tar kechasi vafot etdi. U joriy yil boshida tos suyagi sinib, shifoxonaga yotqizilgan, fevralda esa operatsiya qilingandi.

Aleksey Batalov 30 dan ortiq filmlarda o‘ynagan. “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi”, “Kuchuk yetaklagan xonim” va “Turnalar uchganda” kartinalaridagi qahramonlari bilan ko‘proq tanilgandi.

U uzoq yillar davomida Butunittifoq kinematografiya davlat institutida dars berdi, aktyorlik mahorati kafedrasini boshqardi.

2007—2013-yillarda Rossiyaning “Nika” kinematografiya san’ati akademiyasi prezidenti bo‘lgandi.

Latest from Blog