Sobiq GM Uzbekistan rahbari “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga rais bo‘ldi

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisligiga Tohirjon Jalilov tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lumot berilgan.

Foto: Автостат

Tohirjon Jalilovga qadar ushbu lavozimda Odilxon Rustamov ishlab kelayotgandi. U yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida vazifasidan ozod etilgandi.

Jalilov esa shu yilning fevral oyidan buyon “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari edi. U 2010-2016-yillarda GM Uzbekistan bosh direktori bo‘lgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog