/

Soʻnggi oʻttiz yil ichida qariyb 420 million gektar oʻrmon yoʻq boʻlib ketdi

Foto: Interfax.uz / Ikhtiyor Rakhman

Soʻnggi oʻttiz yil ichida Yerdagi oʻrmonlarni yoʻq qilish darajasi sekinlashdi, ammo shunga qaramay, 1990-yildan beri taxminan 420 million gektar oʻrmon yoʻqolib ketdi. Sayyoramizdagi barcha quruqlikdagi biologik xilma-xillikning asosiy qismini oʻrmonlar tashkil etadi: 60 ming xil oʻsimlik va daraxt turlari, barcha turdagi amfibiyalarning 80 foizi, qushlarning 75 foizi va sutemizuvchilar turlarining 68 foizi. Oʻrmonlarning yoʻq boʻlib ketishi koʻplab yovvoyi flora va fauna turlarining yoʻq boʻlib ketishiga olib keladi.

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (Food and Agriculture Organization) maʼlumotlariga koʻra, dunyodagi oʻrmonlarning yarmidan koʻpi beshta mamlakatda: Rossiya Federatsiyasi, Braziliya, Kanada, AQSh va Xitoyda joylashgan. Butunjahon yovvoyi tabiat jamgʻarmasi mutaxassislarining fikriga koʻra, Rossiyada 247 million gektar toza tabiat oʻrmonlari mavjud boʻlib, ularga odamlar taʼsir koʻrsatmagan. Ammo ular yiliga 1,6 million gektardan kamayib, bu tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda.

Agar biz oʻrmonlarni yoʻqotsak, ekotizimni avvalgidek tiklash imkonsiz boʻladi, deydi Rossiyadagi Butunjahon yovvoyi tabiat fondi direktori Dmitriy Gorshkov. Uning soʻzlariga koʻra oxir-oqibat “biologik xilma-xillik — bu murakkab mexanizm — sayyoradagi hayotni qoʻllab-quvvatlaydi”. “Biz yeymiz, ichamiz va nafas olamiz, chunki bu mexanizm ishlaydi. Kislorodni ajratish, suvni tozalash, oʻsimliklarning changlanishi bularning barchasi katta tizimning bir qismidir. Bunda barcha hayvonlar va oʻsimliklar oʻzlarining hissalarini qoʻshadilar“, deydi Gorshkov. Oʻrmonlar esa asosiy rol oʻynaydi, dedi u.

Oʻrmon maydonlarining yarmi odamning tashqi taʼsiridan deyarli aziyat chekmagan va oʻrmonlarning uchdan bir qismi inson faoliyati oqibatlarini boshidan kechirmagan bokira oʻrmonlardir. Shunga qaramay, oʻrmonlarning yoʻq boʻlib ketishi davom etmoqda, bu sayyoramizning yangi hududlari oʻrmon qoplamini yoʻqotishini anglatadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog