Sloveniyalik qiz million yevro uchun qoʻlidan ayrildi va qamoqqa olindi

Sloveniyalik Yuliya Adlesich million yevro sugʻurta puliga ega boʻlish uchun qoʻlsiz qolishga qaror qildi va ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar berdi “Ria.ru” sayti.
Yuliya hodisadan sal oldin bir nechta sugʻurta kompaniyalari bilan shartnomalar tuzgan. Agar uning hiylasi ish berganda summaning yarmini birdaniga, qolgan pulni esa oylik toʻlov sifatida olardi.

qamoqqa olindi
RIA

Maʼlumotga koʻra, qizning yigiti uning qoʻlini arra bilan kesib tashlaganidan soʻng, ular kasalxonaga borgan. Shu bilan birga, ular qoʻlning kesilgan qismini doktorlar tikib qoʻymaslik uchun atayin uyda qoldirgan. Ammo politsiya qoʻlning bir qismini topgan va qayta tikib qoʻyilgan.
Shundan soʻng, qiz sugʻurta bilan firibgarlik qilgani uchun ikki yilga, sevgilisi esa uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog