Siyosatshunos: Karimov «qattiq bosim» sharoitida ishladi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov «dunyo yetakchiligini o‘rnatishni istagan jahon liberal-monetar to‘dasining qattiq bosimi sharoitida» mamlakatni rivojlantirishning o‘z modelini ishlab chiqib, hayotga tatbiq eta oldi. Siyosatshunos Baxtiyor Ergashev shunday fikrni bildirmoqda.

«Mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov – dunyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatishni istagan liberal-monetar to‘dalarning og‘ir bosimi sharoitida O‘zbekistonning o‘z rivojlanish modelini ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq eta olgan kishidir. Bu model Vashington kelishuvi liberal tavsiyalarining eskirgan to‘plamiga qarshi turdi», – deb yozgan Ergashev Facebook sahifasida.

Uning aytishicha, Karimovga mamlakat yetakchisi sifatida «bu modelni shakllantirish uchun ulkan aqliy salohiyat talab etilgan». Davlat arbobining jasurligi «o‘z taraqqiyot strategiyasi, pragmatik tashqi siyosatiga ega zamonaviy O’zbekistonni barpo etishda qo‘l keldi».

Shu bilan O‘zbekiston «Markaziy Osiyo va uning atrofida biror ish qilmoqchi bo’‘ganlar hisoblashadigan» davlatga aylandi, – deb hisoblaydi siyosatchi.

Baxtiyor Ergashev, shuningdek, Islom Karimov vafotidan so‘ng, unga yodgorlik o‘rnatishga qaror qilinganini yodga olar ekan, bu borada haykallar namunalari bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilayotganini ma`qullagan.

«Biroq, – deb yozadi Ergashev, – saytda va ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan va tanlovda ishtirok etayotgan yodgorliklar maketlarining suratlariga qarar ekanman, ularning hech biri Islom Karimov shaxsiyatini to‘la aks ettira olmaganiga amin bo‘laman».

U bu tanlovda Amir Temur xiyobonidagi haykal mualliflari – haykaltaroshlar Ilhom Jabborov va Kamol Jabborovlarning ishtirok etishini maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb hisoblashini ma`lum qilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar