Sirg‘alidagi avtomobil bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

1

Sirg‘ali tumanida joriy yilning 8-avgust kuni Sirg‘ali tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Sirg‘ali 6-dahasida joylashgan “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do‘kon oldida o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Алау-ТВ

Sirg‘ali tumanida 8-avgust kuni soat 10.30 da, 1997-y.t. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi Z.D. Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do‘kon oldida turgan, 1994-y.t. Sirg‘ali tumani 8A-dahada yashovchi X.X.ga tegishli bo‘lgan, narxi 1 200 000 so‘mlik bo‘lgan “Damas” rusumli avtoulovining orqa tortish moslamasini o‘g‘rilab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlangan. Daliliy ashyo sifatida ehtiyot qism olingan.

Sirg‘ali tuman IIB tomonidan fuqaro Z.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169 m. 1-q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar