Sirdaryoda yuk avtomobili yonib ketdi

Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: FVV

Voqea bugun, soat 15.20 da, “Toshkent – Dushanbe” xalqaro avtomagistralining 83 kilometrida sodir bo’lgan.

Yo’lning bu qismi Sirdaryo viloyatining shu nomdagi tumaniga eltadi.
Ma’lum bo’lishicha, “Kamaz” rusumidagi yuk avtomobili bortida olib ketilayotgan hojatxona qog’ozi kutilmaganda yonib ketgan.

Uch daqiqa ichida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong’in-qutqaruv xizmati xodimlari hududiga yetib borgan va 10 daqiqaga qolmasdan yuzaga kelgan yong’inni bartaraf etishga muvaffaq bo’lgan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yukning yarmini saqlab qolishga erishilgan.

Ushbu yong’in sabab tan jarohati yoki boshqa jismoniy shikastlanishlar haqida xabarda qayd etilmagan.

Hozirda yong’in sabablari mutaxassislar tomonidan o’rganilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog