Sirdaryoda ish haqqidan norozi klaster ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

20-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolar velosipedlarda M-39 xalqaro avtomobil yoʻlida mashinalar qatnovini toʻsib harakatlangani aks etgan video tarqaldi.

Lavhada fuqarolardan biri “Indorama” ning ishchi-dehqonlari ish tashlashyotganligini aytgan. Sardoba tuman hokimligi ham yoʻlni yopganlar “Indorama agro” klasteri ishchilari ekanini tasdiqlagan.

“Oylik bermagani uchun [yoʻlni toʻsdik], oylik kam beryapti. 1,5 mln soʻm qoplamayati hech narsani. Oʻsha oylikni ham „obyem” qilmoqchi boʻlyapti. Biz suvchilarmiz, suv quyamiz, shunga haq toʻlaydi bular. Oylikni kamaytirmoqchi», — deydi velosipeddagi ishchilardan biri.

Shu sababli amaldorlar kelmayotganini va ularni chaqirish maqsadida xalqaro yoʻl toʻsib qoʻyilganligini aytgan.

Kun.uz manbasi mazkur holat M-39 xalqaro avtomobil yoʻlining Sirdaryo viloyati hududida roʻy berganini maʼlum qilgan.

Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga “bu xorijiy kompaniya ekanligini, ichki ishlariga hokimlik umuman aralashmasliklari”ni maʼlum qildi.

Rahbarlar shunchaki fuqarolarni  tinchlantirish uchun borayotgani va oʻrganish natijalari boʻyicha bayonot berilishi aytildi.

Latest from Blog